Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

Yongʻin xavfsizligi oyligi

Hurmatli tumandoshlar!

Ma’lumki, qish faslida boshqa davrlarga nisbatan fuqorolarning isitish moslamalariga boʻlgan ehtiyoji bir muncha ortadi.
Bunday vaqtda gaz va elektr jiрozlaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida yongʻin kelib chiqishi ham keskin oshadi.
Shunday holatlarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar respublika miqyosida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilib kelinmoqda.


Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini, shuningdek, aholi turar joylarini yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq holda keltirish hamda oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obektlarda yongʻin xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Aziz tumandoshlar!

Sizlardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.
Siz yongʻin xavfsizligi qoidalariga qat’iy roiya qilib, nafaqat oylik tadbirlarning faol ishtirokchisiga aylanasiz, balki davlat va oʻz shaxsiy mulkingizni, uy-joyingizni yongʻindan asragan, yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlagan boʻlasiz.

Nurota tuman FVB.