"Kamalak” bilimdonlari” tanlovining Nurota tuman bosqichi joriy yilning 17-mart kuni Nurota qishloq xo’jalik   kasb-hunar kolleji faollar zalida bo’lib o’tdi.

"Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, tashkilot a’zolarining faoliyat tizimini yanada takomillashtirish hamda ijtimoiy nufuzini oshirishni ko‘zlab o‘tkazilgan tuman bosqichida 7 ta jamoalar 4 shart asosida bellashishdi. Har bir jamoa a’zolarining bilim, topqirlik va faolliklarini sinovdan o‘tkazishdi.

Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra, 57-umumta’lim maktabining "Kamalak yulduzlari” jamoasi-I, 58-umumta’lim maktabining "Kelajak yoshlari” jamoasi-II, 19-umumta’lim maktabining "Kamalak yulduzlari” jamoasi esa III-o‘ringa sazovor bo’lishdi.

Tanlovda g’olib bo’lgan va faol ishtirok etishgan jamoalar tuman Kengashining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

МАВЗУГА ДОИР ЎХШАШ МАҚОЛАЛАР