Nurota tumanining Dehibaland qishlog‘ida joylashgan «Imom Hasan–Imom Husayn» masjidida yong‘in kelib chiqqan hamda Kun.uz xayriya aksiyasi o‘tkazgan edi. 2021 yilning 2 noyabr kuni qayta qurib bitkazilgan mazkur asjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ochilish marosimida tuman hokimi Umarbek Xalilov, viloyat bosh imom xatibi Tohir Ro‘ziyev, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan. Ta'kidlanishicha, masjidda bir vaqtning o‘zida 350 nafar namozxon o‘z ibodatlarini ado etish imkoni yaratilgan. 2020 yilning 28 noyabr kuni elektr energiyasi tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan hamda masjidga zarar yetgandi. Uning qayta qurilishi to‘liq saxovatpesha insonlarning xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.



Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.