Joriy yilning 10 oktyabrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Nurota tumani Kengashining navbatdagi Konferensiyasi oʻtkazildi. Konferensiya davomida OʻzLiDeP tuman Kengashining 2014-2019 yilgi faoliyati tanqidiy tahlil etilib, partiyaning istiqboldagi rejalari belgilab olindi. Shuningdek kun tartibidagi qator masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, jumladan OʻzLiDeP tuman Kengashi a'zolarining yangilingan tarkibi tasdiqlandi. Konferentsiya oʻz ishini yakunlangandan soʻng, yangilangan Kengash aʼzolarining yig'ilishi tashkil etilib, kun tartibida tashkiliy masala ko'rildi. Unga ko'ra OʻzLiDeP Nurota tuman Kengashining amaldagi raisi Islomov Aslam Ibrohimovich bir ovozdan qayta saylangan boʻlsa OʻzLiDeP tuman Kengashi raisining "tashkiliy partiyaviy ishlar" bo'yicha oʻrinbosari lavozimiga Zokirov Sur'at Muqimovich yangi, OʻzLiDeP tuman Kengashi raisining "Yoshlar masalasi" bo'yicha o'rinbosari lavozimiga Karimov Oʻktam Akmalovich qayta, OʻzLiDeP tuman Kengashining "ayollar masalalari" bo'yicha o'rinbosari lavozimiga Navro'zova Surayyo Ochilovna yangi, OʻzLiDeP tuman Kengashining "mafkuraviy targʻibot ishlari" bo'yicha o'rinbosari lavozimiga Rahmonov Qahhor qayta saylanishdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Nurota tumani Kengashining navbatdagi Konferensiyasi oʻtkazildi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.