Joriy yilning 4-sentyabr kuni Nurota tuman hokimi Umarbek Xalilov o'zi tahsil olgan 2-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib, "Bilimlar bayrami"da ishtirok etdilar. Tadbirdan so'ng hokim 10-sinflarga 1 soatlik "Mustaqillik darsi"ni yuqori saviyada o'tkazib berdilar. Dars davomida o'quvchi yoshlarga yurtimizda so'nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari, ta'lim tizimidagi islohotlar, mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli bugungi kunning yoshlari har jabhada xususan: xalqaro sport musoboqalari, fan olimpiadalari, musiqa va san'at yo'nalishlarida qo'lga kiritayotgan yutuqlari orqali o'zbek nomining shon-shavkatini, g'ururini dunyoga tanitayotganligini aniq dalillar keltirgan holda tushuntirib o'tdilar. Bundan tashqari hokim maktabga 5 ta televizor va 5 ta kompyuter jamlanmasi sovg'a qildilar. Bu esa o'z navbatida yoshlarga berilayotgan e'tiborni yuksak darajasi desak mubolag'a bo'lmaydi.
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"
"Bilimlar bayrami"

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.