Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov oʻtkazuvchi saylov uchastkalarining barchasida saylov byulletenlari sanab chiqildi. 
Siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodlar saylovchilarning quyidagi miqdordagi ovozini oldi: 

✅Oʻzbekiston "Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov – 3,4 foiz;

✅Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradov – 4,1 foiz;

✅Oʻzbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Keldiyevich Qodirov – 5,5 foiz;

✅Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maksuda Azizovna Varisova – 6,6 foiz;

✅Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 80,1 foiz;
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Президенти этиб сайланди

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.