<!-- [if gte mso 9]> 1024x768

HUDUDLARDA AHOLINI TADBIRKORLIKKA KENG JALB QILISH VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI
 rivojlantirish TO‘G‘RISIDA

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida qator choralar ko‘rilmoqda.

Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalari ro‘yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratildi.

Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni, aholi tomorqalari va bo‘sh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘liq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda.

Respublika hududlarida aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etildi.

Misol tariqasida "Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholining daromad olish borasidagi loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, agrotexnika va veterinariya xizmatlari ko‘rsatish, ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shu jumladan uning muhtoj qatlamlarini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllariga o‘rgatish, klaster tizimi orqali daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, loyihalarning uzluksiz va muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga amaliy yordam berish bo‘limning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son, 2018-yil 27-iyundagi ""Yoshlar-Kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonlari, 2018-yil 26-apreldagi "Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son, 2018-yil 7-iyundagi ""Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son va 2018-yil 14-iyuldagi "Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son qarorlari asosida imtiyozli kreditlar yo’naltirildi.

Bunda:

mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash jarayonida aholining, birinchi navbatda, muhtoj oilalarning ishtirokini va moddiy manfaatdorligini oshirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ulardan mahalliy sharoitlarda keng foydalanish, klaster tizimini joriy qilishda xorijiy mutaxassislarni va mazkur sohada yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish;

serhosil meva-sabzavot ekinlarini ekish, naslli chorva mollarini yetishtirish, tayyor mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayoniga zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

aholining, ayniqsa yoshlarning biznes g‘oya va startaplarini amaliyotga tatbiq etishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda "biznes inkubatorlar”ni tashkil etish choralarini ko‘rildi. Bundan ko’rinib turibdiki; ushbu tanlangan yo’l bizni nafaqat barqarorlikka yetaklaydi balki bizdan keying kelajak avlodga zamin yaratadi.

 

Nurota tuman statistika bo’limi

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.