Onajon
Yig`ladim, hayotning  ko`p  azobidan,
Yiqildim  sinovning  zahmatlaridan.
So`zimni  qaytarma, orom  olayin,
Onajon,  qizingga  alla  aytib  ber.

Charchadim, toliqdim, bu  hayotdan  ham,
Azob  to`lib bordi  dilimga  kam-kam.
Men  senga  tushunmay   gapirganda  ham,
Onajon,  bir  bora  alla  aytib ber.

Hayot  o`zi  shunday  zahmatli  har  on,
Inson  sabri  bilan  bo`ladi  inson.
Orzularim  ona, bo`lmasdan  armon,
Onajon, bolangga  alla  aytib  ber.

Bahor  kabi  sen  ham, bahor  bo`lib  kel.
Orzularim  bilan shamol  misol  yel.
Mayli  sen  uchun  jonimdir  qurbon,
Onajon, qizingga  alla  aytib  ber.

Dillarimni  sel  qil, mayin  allang-la.
Menga  har  dam  yoquvchi, o`shal  yallang-la.
Qara  yuragimda, bugun  ko`p  azob,
Onajon, qizingga  alla  aytib  ber.


Ko`ngling  kabi,  oppoq  erur  qor,
Qalbim  ne  uchundir,  yig`laydi  zor-zor.
Mening  bu  so`zlarim, bo`lmasidan  xor,
Onajon, qizingga  alla  aytib  ber.

Ko`zlarimga  bugun, dunyo  bo`ldi  tor,
Azoblarda  meni  qilma, aslo  xor.
Har  ishingda  har  dam, bo`layin  men  yor,
Onajon,  bolangga,  alla  aytib  ber.

Bolam mendan-da,baxtli bo`lsin der,
Sen  ham  baxt  gulidan quchoq-quchoq  ter.
Guvohdir  mana  shu, zamatkash  bu  yer,
Onajon, bir  bora  alla  aytib  ber.

Yig`ladim  hayotning ko`p  azobidan,
Yiqildim  sinovning  zahmatlaridan.
So`zimni  qaytarma, orom olayin,
Onajon, qizingga alla aytib  ber.
Ushbu satrlar Nurota shahri farzandi Jabborova Durdona qalamiga mansub.
https://t.me/nurota_tumani_axborot_xizmati

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

МАВЗУГА ДОИР ЎХШАШ МАҚОЛАЛАР