She`rim
Dillarimdan  yangrab , jo`sh  urib,
Qaynab  toshib, kuylarsan  nechun.
Goh  sevinching  toshib  kuylarsan,
Goho  g`amdan  so`ylaydi  tiling.

Dardkashimsan, dildoshim  she`rim,
Senga  bo`lsin  butun  dunyolar.
Alamlarni  chulg`ab  olasan,
Va  ko`masan  butkul  quvonchga.

Yangraysan  to  jahon  bor  ekan,
Dunyo  bor  va  hayot  bor  ekan.
Qalblarimga  gulin  ekkan  sen,
Beray  senga  butun  borlig`im.

Bisotimdan  to`kib  sochayin,
Ne  bo`lsa  ham  sen  borsan  she`rim.
Sensiz  menga  dunyo  qorong`u,
Men  uchun  umrimla  teng  dunyo.

Jahon  ichra  yangragan  o`zing,
Yoqadi  jarangli   ovozing.
Yoqar  menga  qo`ldagi  sozing,
Jon-u  tanim, mening  she`rlarim.

Seni  sevib  dunyoga  keldim,
Men  ham  odam  bo`lib  yaraldim.
Issiq  iforingla  taralgan,
Dunyolarni  lol  qil  she`rlarim.

Tillarimda  yangraganim  sen,
Dillarimdan  otilib  chiqding.
Hayotdagi  turli  narsadan,
Go`zal, ajoyibotlar  qilding.

Meni  mast  ayladin  she`riyat,
Sen  borsan  she`rlarim  tirikdir.

Ular  menchun  ardog`li  juda,
Va  men  uchun  aziz  buyukdir.

Qadri  balki  bo`lmasa  bo`lmas,
Shoirlarchun  u  ardog`lidir.
Uning  qadrin  bilmas  o`zgalar,
Shoir  uchun  u  bebahodir.

Yangrab, yangrab   jo`shib  kuylaydi,
Zamonamiz  bilan  hamnafas.
Uning  sehri  kuch  berar  tanga,
Yangraydi  dunyo  ichra  she`rim.

Yovvoyi  hayvonni  mehrila,
Maftun  etar,  hatto  bu  she`rim.
Uni  tinglab  yuragi  ila,
Lol  qoladi  butun  dunyoyim.

Taral  tog`  va  dovolardan  osh,
Sharqiroq  soy  kabi  shoshilgin.
Mening  baxtim, dunyodan  topgan,
Malham  va  dorimsan  she`rlarim.
Ushbu satrlar Nurota shahri farzandi Jabborova Durdona qalamiga mansub. (
https://t.me/nurota_tumani_axborot_xizmati)

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

МАВЗУГА ДОИР ЎХШАШ МАҚОЛАЛАР