Hayot  sirlari
Yillar o`tar ekan soat  o`tarkan,
Osmonda porlagan, yulduz  so`narkan.
Odam  o`lar  ekan odam  o`tarkan,
Bir quyosh  chiqarkan bir chiqmas  ekan.

Bir kun kelib shamol  qayta  esarkan,
Rayhon iforlari bo`y taratarkan.
Go`zal yashnagan  bog` bir kun so`larkan,
Inson esa bir  kun insof bilarkan.

G`amlar bilan  dillar to`larkan,
Yurak  pora-pora bo`larkan.
Qalb  quyoshi bir kun so`narkan,
Bir kun  oy chiqarkan, bir chiqmas ekan.

Charaqlagan  yulduz, vaqt-la  so`narkan,
Hayot insonni doim  sinarkan.
Ko`zlardagi yoshlar tinmay oqarkan,
Mehr inson qalbin  bir  kun yorarkan.

Cho`g`langan narsalar olov bo`larkan,
O`zining domiga tortib olarkan.
Boshlariga ne kun solarkan,
Inson o`zin shunda bilarkan.
Ushbu satrlar Nurota shahri farzandi Jabborova Durdona qalamiga mansub.
(
https://t.me/nurota_tumani_axborot_xizmati)

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

МАВЗУГА ДОИР ЎХШАШ МАҚОЛАЛАР