Vatan
Aziz  dunyo  ichra topgan lazizimsan,
Bag`ring issiq  mening  yakka uragimsan.
Sening  ila  jo`shib oqar tomirda qon,
Sen  men uchun aziz,buyuk bir vatansan.

Har bir  bolang ko`zlarida ulkan  mehr,
Sening  yosh  bir  farzandingda katta sehr.
Sening uchun oliy  bir o`rindir  qadr,
Meni ardoqlab  asragan  vatanimsan.

Chamanlaring  atirguling mast  aylaydi,
Yuragim ham  ijod qilib xo`p qaynaydi.
Jamolingga  boqib  bu  ko`z charchamaydi,
Begona ham birdek  sig`gan vatanimsan.

O`zgani  ham bolam deysan,mehr  berib,
Ularni  ham  qadrlaysan mehmon  bilib.
Dunyolarni  lol  qoldirgan yagonam,
Bo`ronlarda  izlab  topgan  bahorimsan.

Sen  tongsanki,shabnamlarga  to`yinaman,
Shudringlarni  ko`rib  dildan  sevinaman.
Sening uchun har dam  har on  kuyinaman,
Baxt ulashgan nurli  bo`ston  vatanimsan.

Sening qadring  bilmaslar ham bilmaydi hech,
Hechdan ko`ra bilgin  uni  qadrini  kech.
Ertaga  zor  bo`lib  yurma  tuprog`iga,
Uni asrab avaylagin qarog`ingga.

Seni  jondan sevuvchi bir insoningman,
Sharqirab oquvchi  soyu, anhoringman.
Qalbim ichra sen yuksakda buyugimsan,
Oshuftaman  bulbulingman  chamanimsan.

Ushbu satrlar yosh ijodkor Jabborova Durdona qalamiga mansub.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

МАВЗУГА ДОИР ЎХШАШ МАҚОЛАЛАР