1) To'lov terminallari qayerlarda o'rnatilgan bo'lishi lozim?
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat ko'rsatish ob'yektlarida to'lov terminali majburiy o'rnatilishi lozim:

• aviatsiya va temir yo'llar pattalarini sotish kassalari;
• avtovokzal va avtostantsiyalar kassalari;
• avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari;
• mehmonxonalar;
• kredit tashkilotlari (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sug'urta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa sub'ektlari;
• turg'un savdo shoxobchalari, shu jumladan, dorixonalar (egallab turgan maydoni o'lchamidan qat'i nazar);
• umumiy ovqatlanish ob'ektlari;
• uy-joy-kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan, uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan to'lovlarni qabul qilish shoxobchalari;
• avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
• aloqa bo'limlari;
• maishiy xizmat ko'rsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari o'tkaziladigan ob'yektlar;
• aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlar.

2) Mening farzandim muddatli harbiy xizmatni o'tamoqda, bizning oila a'zolarimiz (xizmatni o'tash davrida) jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etiladimi?
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari va ular oila a'zolariga (xizmatni o'tash davrida) mol-mulk solig'idan imtiyoz qo'llanilishi bekor qilingan. (O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 dekabrdagi O'RQ- 241-sonli Qonuni, 8-bandi)
3) 2014 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'ini to'lash muddati qachon?
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lash yiliga bir marta hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi. (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 277-moddasi)

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER  тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.